Dehqonobod tumanida qishloq xo‘jaligi xodimlari faoliyati e’tirof etilmoqda

Dehqonobod tumanida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan “Mamat ota” to‘yxonasida tantanali bayram tadbiri o‘tkazilmoqda. Unda tumanda faoliyat yuritayotgan fermerlar, dehqonlar, qishloq xo‘jaligi sohasining fidoyi xodimlari, faxriylar va nuroniylar ishtirok etmoqda.

Tadbirda Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi rahbarlar qatnashib, soha vakillarini kasb bayrami bilan tabriklashdi. Ular o‘z nutqlarida qishloq xo‘jaligi xodimlarining zahmatli mehnati tufayli tuman iqtisodiyoti va agrar sohaning barqaror rivojlanishiga katta hissa qo‘shilayotganini alohida ta’kidlab o’tishdi.

Bayram dasturi tuman madaniyat bo‘limi xonandalarining sho‘x kuy-qo‘shiqlar hamda soha xodimlarining raqslari bilan yanada ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.