Tuman haqida

Qashqadaryo viloyat Dehqonobod tumani

Hududi

O‘zbekiston RespublikasiQashqadaryo viloyatida joylashgan boʻlib, 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Gʻuzor tumani bilan birlashtirilgan. 1971-yil 31-avgustda qayta tuzilgan). Dehqonobod tumani viloyatning janubi-sharqida joylashgan. Shimoli-gʻarbda G’uzor tumani, shimoli-sharqda Qamashi tumani janubi-sharqda Surxondaryo viloyatining Boysun va Sariosiyo tumanlari, gʻarbda Turkmanistonning Lebap viloyati  bilan chegaradosh. Maydoni 4,0 ming km2. Aholisi 162,7 ming kishi (2025y). Dehqonobod tumanida 1 ta shaharcha (Qorashina), 14 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshqoʻton, Bibiqorasoch, Bozortepa, Boshchorboq, Duob, Obiravon, Oqirtma, Oqmachit Oqrabot, Oqtosh, Qizilcha, Qirqquloch, Qorashina, Qoʻrgʻontosh) bor. Markazi —Qorashina shaharchasi.

Tabiati

Aholisi

Aholisi, asosan oʻzbek va tojiklardan iborat. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 40,7 kishi. Shaharliklar 30,9 ming kishi, qishloq aholisi 131,8 ming kishi (2025-yil).

Iqtisodiyoti

Tumandagi eng yirik korxona Dehqonobod kaliy zavodi hisoblanadi. Zavod 2011-yil 6-iyuldan buyon kaliyli tuzlar ishlab chiqarmoqda. Mahsulotlarning 80 foizi chet elga eksport qilinmoqda. DKZ 2021-yil 1-dekabr holatida 447,85 mlrd. soʻm jami tushum, 7,90 mln. soʻm sof foyda olgan. Tumanda bir qator kichik xususiy sexlar ham mavjud. Dehqonobod tumani xoʻjaligining asosini chorvachilik va dehqonchilik tashkil qiladi. Ekin maydon 47,4 ming ga, koʻp yillik daraxtzorlar 2,1 ming ga, yaylovlar 237,4 ming ga. Yaylovlarda qorakoʻl qoʻylari, hisori qoʻylar, angor zotli echkilar, qoramol, yilqi boqiladi. Dehqonobod tosh kesish karyeri, junni qayta ishlash zavodi, konserva tayyorlash sexi mavjud. Tuman hududidan Katta O’zbekiston trakti, G’uzor-Qumqo’rg’on temir yo’li oʻtgan.

Ijtimoiy soha

2000/01-oʻquv yilida 88 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, internat litseyi faoliyat koʻrsatdi. Tumanda „Togʻ goʻzali“ ashula va raqs ansambli, „Qoʻngʻirot“ folklor etnografik ansambli, 27 kutubxona, 11 qishloq klubi bor. Markaziy kasalxona, 6 qishloq uchastka shifoxonasi, 56 qishloq feldsher-akusherlik shoxobchasi, 7 qishloq vrachlik punkti, 7 dorixona mavjud boʻlib, 650 ga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1972-yildan „Dehqonobod ovozi“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 2000).

Moddiy madaniy meros obyektlari

Dehqonobod tumanida 40 ta obyekt Oʻzbekiston Respublikasining Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Taklif va muloxazalar

Bizga yuboring