Dehqonobodda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 36 yilligi bayram tadbiri

Dehqonobod tumanidagi 70-maktabda 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 36 yilligi munosabati bilan “Ona tilim – faxrim!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Davlat tilini madh etgan eng yaxshi she’r” hamda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida “Davlat tilini madh etgan eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar ona tilining go‘zalligi, so‘z boyligi hamda milliy qadriyatlardagi o‘rni haqida jonli va samimiy ijroda chiqishlar qildilar.

Tadbirda har bir chiqishda ona tiliga bo‘lgan muhabbat, faxr va sadoqat hissi yorqin namoyon bo‘ldi. O‘quvchilar va yoshlar ona tilining boyligi, uning saqlanishi va rivojlanishiga bo‘lgan munosabatlarini she’r va qo‘shiqlar orqali ifoda etishdi.
Mazkur bayram tadbiri nafaqat o‘quvchilar va yoshlar qalbida o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiqodni yanada mustahkamladi, balki ona tilini asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish burchining muqaddasligini yana bir bor yodga soldi.

O‘zbek tilining davlat tili maqomiga ega bo‘lganligi – millatimizning eng ulug‘ merosi va boy madaniyati hisoblanadi. Shu bois har birimiz ona tilimizni sevish, uni hurmat qilish va rivojlantirishda faol ishtirok etishimiz zarur.