Bugun 20-oktabr kuni Dehqonobod tumanidagi 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim — faxrim, g‘ururim” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimining yoshlar siyosati va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Mahmudov tuman hokimining til masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tojixol Ergasheva, ta’lim muassasalari vakillari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Dastur davomida ona tilimizning qadri va go‘zalligini tarannum etuvchi chiqishlar namoyish etilib, turli tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi. Tadbir ishtirokchilarda o‘zbek tiliga bo‘lgan faxr va g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.





