“Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir tumanda keng jamoatchilikni birlashtirib, davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yana bir bor namoyon etdi.
Tadbir doirasidagi tantanali yurish tuman markazining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida boshlandi. Karnay-surnay sadolari ostida yoshu qari, o‘quvchi-yoshlar, jamoat tashkilotlari vakillari, madaniyat xodimlari hamda turli soha mutaxassislari davlat bayrog‘ini baland ko‘tarib, bir safda ko‘chadan o‘tishdi.
Dehqonobodda o‘tkazilgan ushbu tadbir davlat ramzlarini ulug‘lash, milliy g‘urur va yurtparvarlik tuyg‘ularini
Bayrog‘imiz — xalqimizning birligi, mustaqilligimiz timsoli va kelajak avlod uchun bebaho ma’naviy meros ekanini yana bir bor yodga solgan mazkur tadbir ishtirokchilarga katta ruhiy ko‘tarinkilik ulashdi.













