Dehqonobod tuman 70-maktab
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida ekologiyaga oid qonun hujjatlari bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ekologik qonunchilikning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishdan iboratdir.
Tanlov to‘rt shart asosida o‘tkazildi va o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
🏆Tanlov yakunlariga ko‘ra:
1-oʻrin 70-maktab,
2-oʻrin 69-maktab,
3-oʻrin 62-,79-maktablar egallashdi.
Tanlov g‘oliblari hamda faol ishtirok etgan barcha jamoalar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan diplom va faxriy yorliqlar bilan, shuningdek Dehqonobod tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.







