Biz haqimizda

Dehqonobod tumani

Madaniyat bo'liminig vazifalari

aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo‘sh vaqtlarining mazmunli o‘tishini ta’minlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an’analarni o‘zida mujassam etgan namunali dasturlarini shakllantirish; xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san’atini saqlab qolish va rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlari tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli ravishda boyitib borish; bolalarni to‘garaklarga jalb etish, xorijiy tillarni o‘rganish va “nutq madaniyati” bo‘yicha kurslar tashkil etish, xalq ijodiyotining barcha janr va yo‘nalishlari, havaskorlik san’ati va nomoddiy madaniy merosni keng targ‘ib qilish hamda ularni asl holicha kelajak avlodga yetkazish; adabiyot hamda san’at arboblari va professional ijodiy guruhlar bilan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazish; tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha san’atining tuman (shahar) festivallarini o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash; ommaviy bayram, tomosha va xalq sayillarini tashkillashtirish, ijtimoiy-madaniy sohada yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ularga pulli xizmatlar ko‘rsatish; turli xil to‘garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalarini (keyingi o‘rinlarda Markaz tuzilmalari deb ataladi) ilovaga muvofiq yo‘nalishlarda tashkil etish.

Dehqonobod tumani

Madaniyat bo'liminig maqsadi

Markazning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo‘sh vaqtlarining mazmunli o‘tishini ta’minlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an’analarini o‘zida mujassam etgan namunali dasturlarni shakllantirish, xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san’atini saqlab qolish va rivojlantirish, turli xil to‘garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Manzilimiz

Dehqonobod MFY Alisher Navoiy ko‘chasi 88-uy

Telefon

+998 93-934-64-29 +998 94-657-53-96

Madaniyat markazilari

4 ta madaniyat markazilari mavjud

To‘garaklar

markazlarida 11 ta to‘garaklar tashkil etilgan

Aholining madaniy ehtiyojlarini o‘rganadi va madaniy-maʼrifiy, ko‘ngilochar xususiyatga ega bo‘lgan xilma-xil xizmatlarni tashkil etadi, xalq ijodiyoti va havaskorlik sanʼati, badiiy ijod, amaliy va tasviriy sanʼat bilan shug‘ullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratadi.

28-son madaniyat markazi

Manzil: Dehqonobod MFY Alisher Navoiy ko’chasi 88-uy

29-son "Bunyodkor" madaniyat markazi

Manzil: Dehqonobod tuman, O’zbekiston MFY Baxt ko’chasi

30-son "Gulzor" madaniyat markazi

Manzil: Dehqonobod tuman, Oqirtma MFY Oqirtma qishlog’i

31-son "Navo" madaniyat markazi

Manzil: Dehqonobod tuman, Bibiqorasoch MFY Navobod qishlog’i

Madaniyat markazi

Xodimlari

Ism Familiya

Ism Familiya

Direktor

Ism Familiya

Ism Familiya

Bosh xisobchi

Ism Familiya

Ism Familiya

O'rinbosar

Ism Familiya

Ism Familiya

O'rinbosar

Madaniyat markazlari faoliyati

samaradorligini baholash mezonlari

Dehqonobod tuman madaniyat bo‘limi

Markaz O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat muassasasi bo‘lib, aholining madaniy ehtiyojlarini o‘rganish hamda ma’naviy-ma’rifiy va ko‘ngilochar xususiyatga ega bo‘lgan turli madaniy xizmatlar ko‘rsatish, havaskorlik, badiiy ijod va amaliy san’at bilan shug‘ullanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uning asosiy faoliyati hisoblanadi.