{"id":449,"date":"2026-06-03T11:15:54","date_gmt":"2026-06-03T06:15:54","guid":{"rendered":"https:\/\/dehqonobod-madaniyat.uz\/?p=449"},"modified":"2026-06-12T11:18:02","modified_gmt":"2026-06-12T06:18:02","slug":"madaniyat-sanat-va-adabiyot-sohalarini-yanada-rivojlantirish-boyicha-keng-kolamli-chora-tadbirlar-togrisida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/dehqonobod-madaniyat.uz\/?p=449","title":{"rendered":"Madaniyat, san\u2019at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida"},"content":{"rendered":"<p><span class=\"status_title\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni<\/span><\/p>\n<p>2026-yil 1-iyun kuni o\u2018tkazilgan madaniyat, san\u2019at va adabiyot xodimlari bilan sohalarni yanada rivojlantirish bo\u2018yicha kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag\u2018ishlangan uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish, shuningdek, ijodkorlarga munosib shart-sharoitlar yaratish hamda sohada xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida qaror qilaman:<\/p>\n<p><strong>I. Asosiy maqsadlar<\/strong><\/p>\n<p>1. Quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan ko\u2018zlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:<\/p>\n<p>a) teatr, kino, raqs, opera, folklor, estrada, akademik va milliy cholg\u2018u, tasviriy va amaliy san\u2019at hamda adabiyot kabi yo\u2018nalishlarda ijodiy birlashmalar faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yish va qo\u2018llab-quvvatlash;<\/p>\n<p>b) ijodkorlarni rag\u2018batlantirish va qo\u2018llab-quvvatlash, ularning xalqaro tanlovlardagi ishtiroki sonini 2027-yilda 20 foizga, g\u2018oliblar sonini 30 foizga, 2030-yilga qadar ishtirokchilar sonini 5 baravarga, g\u2018oliblar sonini esa 2 baravarga oshirish;<\/p>\n<p>v) shoir va yozuvchilar tomonidan har yili kamida 50 ta eng sara asarlar yaratilishini, milliy adabiyotning eng yaxshi 10 ta asari xorijiy tillarga tarjima qilinishini ta\u2019minlash;<\/p>\n<p>g) ijodkorlarni ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratish, jumladan, har yili 1 ming nafar ijodkorni uy-joy bilan ta\u2019minlash, 3 ming nafarini bepul davolash;<\/p>\n<p>d) nodavlat teatr va teatr-studiyalar sonini 2028-yilda 50 taga yetkazib, teatr sohasida xususiy sektor ishtirokini 25 foizga oshirish.<\/p>\n<p><strong>II. Sohada iste\u2019dodlarni yuzaga chiqarishning yangi tizimini joriy etish<\/strong><\/p>\n<p>2. Madaniyat vazirligi, O\u2018zbekiston Badiiy akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va keng ijodkorlar jamoatchiligining 1-ilovaga muvofiq madaniyat, san\u2019at va adabiyot sohalarida ijodiy birlashmalarni (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 ijodiy birlashmalar) tashkil etish to\u2018g\u2018risidagi taklifi ma\u2019qullansin.<\/p>\n<p>3. Belgilansinki:<\/p>\n<p>a) ijodiy birlashmalarning ijodiy rahbarlari va ularga tashkiliy masalalarni hal etishda ko\u2018maklashuvchi hamrahbarlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi;<\/p>\n<p>b) ijodiy rahbar o\u2018z yo\u2018nalishida yangi iqtidorlarni yuzaga chiqarishga mas\u2019ul hisoblanadi;<\/p>\n<p>v) ijodiy birlashmalarga biriktirilgan hamrahbarlar:<\/p>\n<p>(i) ijodiy birlashma hamda uning yo\u2018nalishiga mos ijodkorlar va jamoalar faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularni moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlashga mas\u2019ul hisoblanadi;<\/p>\n<p>(ii) ijodiy birlashma yo\u2018nalishi bo\u2018yicha mahalla \u2013 tuman \u2013 viloyat \u2013 respublika darajasidagi tanlovlar va madaniy tadbirlarning yillik reja-grafigini ijodiy rahbarlar bilan birgalikda tasdiqlaydi hamda ularni tashkil qiladi;<\/p>\n<p>(iii) xalqaro va respublika tanlovlari g\u2018olib va sovrindorlarining gastrol safarlarini tashkil etishga hamda xalqaro festival va tanlovlarda ishtirok etishiga ko\u2018maklashadi;<\/p>\n<p>g) hamrahbarlarga o\u2018zlari bevosita rahbar bo\u2018lgan muassasa (tashkilot, korxona) va uning tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag\u2018lari hisobidan ijodiy birlashmalarga mablag\u2018 yo\u2018naltirishga ruxsat beriladi;<\/p>\n<p>d) ijodiy birlashmalarning faoliyatini moliyalashtirishga yo\u2018naltirilgan homiylik xayriyalari metsenatlik ko\u2018magi hisoblanadi hamda ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar qo\u2018llanadi;<\/p>\n<p>j) 2027-yildan boshlab ijodiy birlashmalarning yillik ijodiy hisoboti shaklida Milliy ijodkorlar qurultoyi o\u2018tkaziladi hamda unda ijodiy birlashmalarning yil davomida eng yaxshi natija ko\u2018rsatgan ijodkorlari Davlat budjeti mablag\u2018lari hisobidan quyidagi tartibda rag\u2018batlantiriladi:<\/p>\n<p>(i) ijodkorlarning badiiy kechasi, mahorat maktabi va ijod uylari tashkil etiladi;<\/p>\n<p>(ii) bir yil davomida har oyda 5 million so\u2018m miqdorida gonorar to\u2018lanadi;<\/p>\n<p>(iii) uch yil davomida O\u2018zbekiston bo\u2018ylab samolyot, poyezd va jamoat transportidan bepul foydalanadi, bunda tashish xarajatlari bo\u2018yicha olinmay qolgan daromadlar keyinchalik har oyda qoplab beriladi;<\/p>\n<p>(iv) davlat tibbiyot muassasalarida davolanish xarajati to\u2018liq qoplanadi.<\/p>\n<p>4. Iste\u2019dodlarni aniqlash va rivojlantirish, ularning prodyuserlik faoliyatini qo\u2018llab-quvvatlaydigan biznes loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomisiz \u201cIjodga investitsiya\u201d davlat maqsadli jamg\u2018armasi (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 Jamg\u2018arma) tashkil etilsin.<\/p>\n<p>5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jamg\u2018armaga 2026-yil 1-iyulga qadar respublika budjeti hisobidan 200 milliard so\u2018m mablag\u2018 ajratish chorasini ko\u2018rsin hamda 2027-yildan boshlab davlat budjeti parametrlarida har yili kamida 200 milliard so\u2018m mablag\u2018 ajratilishini nazarda tutsin.<\/p>\n<p>6. Madaniyat vazirligi 2026-yil 1-iyuldan boshlab Jamg\u2018arma hisobidan ochiq va shaffof tizim asosida eng istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish tizimini yo\u2018lga qo\u2018ysin.<\/p>\n<p>7. Madaniyat vazirligi Maktabgacha va maktab ta\u2019limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2027-yildan boshlab har yili teatr, cholg\u2018u, xor va raqs yo\u2018nalishida umumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasalari o\u2018rtasida tuman \u2013 viloyat \u2013 respublika darajasida tanlovlarni o\u2018tkazib borishni yo\u2018lga quysin. Bunda:<\/p>\n<p>(a) har bir yo\u2018nalish bo\u2018yicha respublika darajasidagi tanlovda g\u2018olib deb topilgan umumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasasiga o\u2018z ijodini targ\u2018ib qilish, sahna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari xarid qilish uchun Jamg\u2018arma mablag\u2018lari hisobidan 500 million so\u2018mdan grant beriladi;<\/p>\n<p>(b) respublika tanlovi g\u2018oliblari madaniyat va san\u2019at yo\u2018nalishlari bo\u2018yicha davlat ta\u2019lim tashkilotlariga kirishda ijodiy imtihondan ozod etiladi va ularga maksimal ball beriladi.<\/p>\n<p>8. 2026-yil 1-iyuldan boshlab O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarolariga milliy cholg\u2018u asboblarini sotib olish xarajatlarining 30 foiz qismini Davlat budjeti mablag\u2018lari hisobidan qoplab berish tizimi joriy qilinsin.<\/p>\n<p><strong>III. Sohani qo\u2018llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish<\/strong><\/p>\n<p>9. Belgilansinki, 2026 yil-1-sentabrdan 2036-yil 1-yanvarga qadar:<\/p>\n<p>(a) asosiy faoliyati konsert-tomosha, kinematografiya, bolalar uchun kontent yaratish bo\u2018lgan subyektlar, nodavlat teatr va teatr-studiyalar hamda madaniyat va san\u2019at yo\u2018nalishidagi xususiy ta\u2019lim tashkilotlari qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018i, foyda solig\u2018i, aylanmadan olinadigan soliq, yer solig\u2018i, mol-mulk solig\u2018idan, ularda ishlovchi xodimlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig\u2018idan ozod qilinadi;<\/p>\n<p>(b) xorijiy kompaniyalarning O\u2018zbekiston hududida kino mahsulotini yaratish bilan bog\u2018liq faoliyati natijasida olgan daromadlari O\u2018zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga to\u2018lov manbaida soliq solishda soliq bazasiga kiritilmaydi.<\/p>\n<p>10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qo\u2018mitasi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu Farmonning 9-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini taqdim etish bo\u2018yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.<\/p>\n<p>11. Quyidagilarni davlat budjeti mablag\u2018lari hisobidan har yili moliyalashtirish tizimi joriy etilsin:<\/p>\n<p>a) yiliga kamida 50 ta eng sara asarlarni yaratish uchun shoir va yozuvchilarga ijodiy buyurtma berish;<\/p>\n<p>b) opera, simfoniya kabi mumtoz va zamonaviy janrlar bo\u2018yicha har yili kamida 20 ta yangi asar yaratish uchun ijodkorlarga davlat buyurtmasi berish;<\/p>\n<p>v) har yili milliy adabiyotning eng sara 10 ta asarini xorijiy tillarga tarjima qilish va mualliflar ishtirokida chet ellarda taqdimotlar o\u2018tkazish xarajatlarini qoplab berish;<\/p>\n<p>g) Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi asosida chop etiladigan kitoblarni nashr etish uchun qog\u2018oz xarid qilish bilan bog\u2018liq xarajatlarni qoplab berish;<\/p>\n<p>d) she\u2019riyat bilan san\u2019atni uyg\u2018unlashtirgan holda tashkil etiladigan eng sara 100 ta she\u2019riy konsertlarni o\u2018tkazish bo\u2018yicha davlat buyurtmasi berish.<\/p>\n<p>12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu Farmonning 11-bandida belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun respublika budjeti hisobidan 2026-yilda 25 milliard so\u2018m, 2027-yildan boshlab har yili 50 milliard so\u2018m ajratsin.<\/p>\n<p>13. Iste\u2019dodlar va ularning ustozlarini qo\u2018llab-quvatlash bo\u2018yicha shunday tartib o\u2018rnatilsinki, unga ko\u2018ra 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:<\/p>\n<p>a) madaniyat, san\u2019at va adabiyot sohalaridagi nufuzli xalqaro va respublika tanlovlari g\u2018olib va sovrindorlari Davlat budjeti mablag\u2018lari hisobidan quyidagi miqdorlarda bir martalik pul mukofoti bilan rag\u2018batlantiriladi:<\/p>\n<p>(i) Gran-pri va 1-o\u2018rin g\u2018olibi \u2013 xalqaro tanlov bo\u2018yicha 300 million so\u2018m, respublika tanlovi bo\u2018yicha 100 million so\u2018m miqdorida;<\/p>\n<p>(ii) 2-o\u2018rin sohibi \u2013 xalqaro tanlov bo\u2018yicha 200 million so\u2018m, respublika tanlovi bo\u2018yicha \u2013 50 million so\u2018m miqdorida;<\/p>\n<p>(iii) 3-o\u2018rin sohibi \u2013 xalqaro tanlov bo\u2018yicha 100 million so\u2018m, respublika tanlovi bo\u2018yicha 25 million so\u2018m miqdorida;<\/p>\n<p>b) tanlovlarning g\u2018olib va sovrindorlarini tayyorlagan o\u2018qituvchi (konsertmeyster)ning oylik maoshiga bir yil davomida 100 foizgacha ustama Davlat budjeti mablag\u2018lari hisobidan to\u2018lanadi;<\/p>\n<p>v) nufuzli xalqaro tanlovlarning g\u2018olib (sovrindor)lari va ularning o\u2018qituvchi (konsertmeyster)larining tanlovlarda ishtirok etishi xarajatlari to\u2018liq Davlat budjeti mablag\u2018lari hisobidan qoplanadi;<\/p>\n<p>g) ushbu bandda nazarda tutilgan qo\u2018llab-quvvatlash choralari xususiy sektorda faoliyat yurituvchi shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi;<\/p>\n<p>d) ushbu bandda nazarda tutilgan nufuzli xalqaro va respublika tanlovlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida aniqlanadi.<\/p>\n<p><strong>IV. Soha vakillarining ijtimoiy ta\u2019minotini yanada mustahkamlash<\/strong><\/p>\n<p>14. 2026-yil 1-iyuldan boshlab har yili 1000 nafar uy-joyga muhtoj madaniyat, san\u2019at va ijodiy soha vakillariga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun quyidagi tartibda ipoteka kreditlarini ajratish yo\u2018lga qo\u2018yilsin, bunda:<\/p>\n<p>(a) Ipoteka dasturi doirasida ipoteka kreditlari ajratishda boshlang\u2018ich to\u2018lov kredit oluvchi tomonidan 2-ilovada belgilangan miqdorlarda shakllantiriladi, bunda shakllantiriladigan boshlang\u2018ich to\u2018lovning 50 foizi hamda kredit muddatining birinchi besh yili davomida to\u2018lanadigan kredit foizlarining 10 foizlik punktdan oshgan qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi;<\/p>\n<p>(b) boshlang\u2018ich to\u2018lovning 50 foizini qoplab berish Iqtisodiyot va moliya vazirligining \u201csubsidiya.idm.uz\u201d dasturiy ta\u2019minot tizimi orqali avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>15. Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari madaniyat sohasi vakillarini zarur uy-joylar bilan ta\u2019minlashga mas\u2019ul etib belgilansin.<\/p>\n<p>16. Bir hududdan boshqa hududga kelib ishlayotgan va ushbu hududda o\u2018z uy-joyiga ega bo\u2018lmagan madaniyat, san\u2019at va adabiyot sohalari vakillariga uy-joy ijarasi to\u2018lovlarining bir qismini quyidagi miqdorlarda qoplab berish tartibi joriy etilsin:<\/p>\n<p>(a) Toshkent shahrida \u2013 bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari;<\/p>\n<p>(b) Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi va viloyatlarda \u2013 bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari.<\/p>\n<p>17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur Farmonning 14- va 16-bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar uchun 2026-yildan boshlab har yili Davlat budjetidan 50 milliard so\u2018m ajratsin.<\/p>\n<p>18. 2026-yil 1-iyuldan boshlab ijodiy birlashmalarning tavsiyasi asosida Davlat budjeti mablag\u2018lari hisobidan quyidagi xarajatlarni qoplab berish yo\u2018lga qo\u2018yilsin:<\/p>\n<p>a) har yili 1 ming nafargacha Davlat budjeti mablag\u2018lari hisobidan davolanish bo\u2018yicha imtiyozga ega bo\u2018lmagan, biroq o\u2018z faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan madaniyat, san\u2019at va adabiyot sohalari vakillariga yuqori texnologik operatsiyalarni o\u2018tkazish;<\/p>\n<p>b) har yili 2 ming nafargacha madaniyat, san\u2019at va adabiyot sohalari vakillariga sug\u2018urta mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq bo\u2018lmagan ixtiyoriy tibbiy sug\u2018urta badallari uchun xarajatlarning 50 foizini qoplab berish;<\/p>\n<p>v) har yili 100 nafargacha sohada kamida 10 yil ishlagan madaniyat, san\u2019at va adabiyot sohalari vakillariga O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi sanatoriylarida bepul davolanish.<\/p>\n<p>19. Belgilansinki:<\/p>\n<p>(a) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab budjetdan moliyalashtiriladigan teatr va konsert-tomosha muassasalarida faoliyat yurituvchi raqs jamoasining badiiy rahbari, baletmeysteri, repetitorlari, balet artistlarining lavozim maoshlarini mehnatga haq to\u2018lashning bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga va (yoki) Yagona tarif setkasi bo\u2018yicha mehnatga haq to\u2018lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyentlari miqdori Davlat budjeti hisobidan 2 baravarga oshirilgan holda qo\u2018llanadi;<\/p>\n<p>(b) davlat muassasalarida raqs san\u2019ati sohasida faoliyat yuritayotgan raqqos va raqqosalarni imtiyozli ish staji bilan pensiyaga chiqarishda talab etiladigan 20 yillik ish stajining kamida 15 yili raqqos va raqqosalik faoliyatidan iborat bo\u2018lgan taqdirda, qolgan 5 yili uchun baletmeyster va balet bo\u2018yicha repetitor faoliyati bilan shug\u2018ullangan davrni inobatga olishga ruxsat beriladi.<\/p>\n<p>20. Nogironligi bo\u2018lgan shaxs deb topilgan yosh ijodkorlarni qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida 2026-yil 1-sentabrdan boshlab hududlarda inklyuziv ijodiy ustaxonalar tashkil qilinsin. Bunda inklyuziv ijodiy ustaxonalarni tashkil etish hamda ularni darsliklar va ijod uchun zarur anjomlar bilan ta\u2019minlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamg\u2018armasi mablag\u2018lari hisobidan har yili 30 milliard so\u2018m ajratib boriladi.<\/p>\n<p>21. 2026-yil 15-iyundan boshlab 3-ilovaga muvofiq davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslarga O\u2018zbekiston Respublikasi hududidagi aeroport va temir yo\u2018l vokzallaridagi \u201cVIP\u201d zallardan bepul foydalanish huquqi berilsin.<\/p>\n<p><strong>V. Sohada nodavlat sektor faolligini oshirish<\/strong><\/p>\n<p>22. Shunday tartib o\u2018rnatilsinki, unga ko\u2018ra 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:<\/p>\n<p>a) nodavlat teatr va teatr-studiyalarning quyidagi xarajatlari Davlat budjeti mablag\u2018lari hisobidan qoplab beriladi:<\/p>\n<p>(i) har yili 50 ta sahna asari yaratish xarajatlari;<\/p>\n<p>(ii) har oyda xususiy binoni ijaraga olish xarajatlarining bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo\u2018lgan qismi;<\/p>\n<p>b) davlat madaniyat obyektlari ularning bo\u2018sh vaqtlarida nodavlat teatr va teatr-studiyalarga spektakl namoyish etish uchun ijara to\u2018lovisiz foydalanish uchun beriladi. Bunda tomosha zallari uchun talabgorlar ikkita yoki undan ko\u2018p bo\u2018lgan taqdirda, ular orasida tanlov o\u2018tkaziladi;<\/p>\n<p>v) ushbu bandning \u201ca\u201d kichik bandida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun har yili Davlat budjetidan qo\u2018shimcha 10 milliard so\u2018m ajratiladi.<\/p>\n<p>23. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab Davlat budjeti mablag\u2018lari hisobidan:<\/p>\n<p>a) Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi va viloyatlarda (Nukus shahri va viloyatlar markazlari bundan mustasno) konsert-tomosha tadbiri tashkil etilgan va bir tadbir doirasida 1 000 tadan ortiq bilet sotilgan taqdirda, konsert-tomosha tashkilotchilariga sotilgan biletlar qiymatining 20 foiziga teng bo\u2018lgan miqdorda subsidiya beriladi;<\/p>\n<p>b) davlat va nodavlat teatrlarga o\u2018zi faoliyat yuritayotgan joyda sahnalashtirilgan spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qo\u2018shimcha 10 ming so\u2018m, boshqa hududga chiqqan holda namoyish etilgan taqdirda, 20 ming so\u2018m miqdorida subsidiya beriladi.<\/p>\n<p>24. Belgilansinki, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab har yili 500 ming nafar o\u2018qituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol o\u2018quvchi va talabalarga hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 100 mingta oilalarning bir nafar farzandiga, shuningdek, nogironligi bo\u2018lgan bolalarga teatr, kino va konsert tadbirlari uchun bepul vaucher beriladi, bunda:<\/p>\n<p>a) vaucher qiymatidagi mablag\u2018lar shaxslarning nomiga ochiladigan ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi;<\/p>\n<p>b) vaucher berish bilan bog\u2018liq xarajatlar tegishli ravishda Davlat budjeti mablag\u2018lari hamda Ijtimoiy himoya davlat jamg\u2018armasi mablag\u2018lari hisobidan qoplanadi.<\/p>\n<p><strong>VI. Kinoindustriya sohasini yanada rivojlantirish<\/strong><\/p>\n<p>25. Xususiy kinostudiyalarning mustaqil faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yish hamda sohada erkinlik va raqobat muhitini shakllantirish maqsadida:<\/p>\n<p>(a) Milliy kinematografiya, kinokompaniya va kinoteatrlar tarmog\u2018ini yanada rivojlantirishga ko\u2018maklashish bo\u2018yicha respublika komissiyasi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi huzuridagi Badiiy kengash faoliyati hamda har bir filmga maslahatchilar guruhini biriktirish amaliyoti tugatilsin;<\/p>\n<p>(b) davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan filmlarning mavzusidan kelib chiqib, soha mutaxassislaridan iborat haq to\u2018lanadigan ekspert guruhlari tashkil qilib borilsin. Bunda Badiiy kengash tomonidan ma\u2019qullangan va (yoki) ishlab chiqarishga tushirilgan loyihalarni yakunlash ushbu kengash tomonidan amalga oshiriladi va ular bo\u2018yicha ekspert guruhlarining xulosasini olish talab etilmaydi;<\/p>\n<p>(v) \u201cO\u2018zbekfilm\u201d kinokonserni\u201d davlat muassasasiga \u201cmilliy\u201d maqomi berilsin hamda uning faoliyati mahalliy va xalqaro kinostudiyalarga xizmat ko\u2018rsatuvchi kinokonsern sifatida yo\u2018lga qo\u2018yilsin;<\/p>\n<p>(g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi O\u2018zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan o\u2018tkaziladigan \u201cOltin Humo\u201d milliy kino taqdimoti nufuzini oshirish maqsadida 2027-yildan boshlab har yili 5 milliard so\u2018m ajratib borilishini ta\u2019minlasin.<\/p>\n<p>26. Shunday tartib o\u2018rnatilsinki, unga muvofiq davlat buyurtmasi asosida kino, shu jumladan, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi loyihalari yaratilishida:<\/p>\n<p>(a) marketing va reklama xarajatlari uchun film budjetining 30 foiz miqdorigacha mablag\u2018larni ajratishga ruxsat beriladi;<\/p>\n<p>(b) xarid shartnomalarini ekspertizadan o\u2018tkazish talabi bekor qilinadi;<\/p>\n<p>(v) filmlar namoyishidan tushgan mablag\u2018larning 50 foizi prodyuser va ijodiy guruhga qo\u2018shimcha rag\u2018bat sifatida beriladi.<\/p>\n<p><strong>VII. Hududlarda madaniyat tadbirlarini tashkil etish va kitobxonlikni rivojlantirish<\/strong><\/p>\n<p>27. 2026-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent shahar, Samarqand va Namangan viloyatlari hokimliklari huzurida madaniy tadbirlarni tashkil etish direksiyalari (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 direksiyalar) faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yilsin.<\/p>\n<p>28. Belgilansinki:<\/p>\n<p>(a) direksiyalar tegishli hokimliklar muassisligida mas\u2019uliyati cheklangan jamiyatlar shaklida tashkil etiladi, boshqa tadbirkorlarga direksiya ustav fondiga o\u2018z pul mablag\u2018lari bilan ishtirok etishiga ruxsat beriladi;<\/p>\n<p>(b) direksiyalar tegishli hududda joylashgan, madaniy, ommaviy, konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilishi mumkin bo\u2018lgan binolar, majmualar, pavilonlar, stadionlar, sahnalar, zallarga (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 madaniyat obyektlari) ega bo\u2018lgan barcha davlat muassasalari, shu jumladan, konsert, teatr, madaniyat saroylari bilan majburiy ravishda, shunday bino va inshootlarga ega xususiy tashkilotlar bilan esa o\u2018zaro kelishuvlar asosida xizmat ko\u2018rsatish to\u2018g\u2018risida shartnomalar imzolaydi;<\/p>\n<p>(v) direksiyalar tuzilgan shartnomalar asosida har bir madaniyat obyektining har kunlik ish rejimi, ularning band va bo\u2018sh vaqtlari haqida onlayn rejimda ma\u2019lumot olib turadi;<\/p>\n<p>(g) direksiyalar madaniyat obyektlarining bo\u2018sh vaqtidan samarali foydalanish maqsadida ularda madaniy tadbirlar o\u2018tkazilishini tashkil etadi, o\u2018zi jalb qilgan tadbir tashkilotchilari bilan madaniy maskanlarning mulkdorlari nomidan shartnomalar tuzadi;<\/p>\n<p>(d) direksiyalar tomonidan mulkdor nomidan tuzilgan shartnomalarga asosan madaniyat obyektlarini tadbirlar uchun ijaraga berishdan tushgan mablag\u2018larning xizmat ko\u2018rsatish shartnomasida tomonlar o\u2018zaro kelishuv asosida belgilaydigan qismi direksiyalarga o\u2018tkazib beriladi;<\/p>\n<p>(j) direksiyalar o\u2018zlari tuzgan shartnoma asosida o\u2018tkaziladigan ommaviy tadbirlarga ruxsat olish bo\u2018yicha tartib-taomillarning bajarilishini bevosita o\u2018zi ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p>29. Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Madaniyat vazirligining takliflari asosida 2026-yil yakuniga qadar 50 tadan 100 tagacha chekka va olis hududlardagi mahallalarda namunali mahalla kutubxonasi va kitob do\u2018konlarini tashkil qilsin. Bunda Yoshlar ishlari agentligi:<\/p>\n<p>a) Respublika Ma\u2019naviyat va ma\u2019rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda namunali mahalla kutubxonalarining badiiy, ilmiy-ommabop, ma\u2019rifiy, hujjatli va biografik adabiyotlar bilan to\u2018ldirilishini;<\/p>\n<p>b) Alisher Navoiy nomidagi O\u2018zbekiston milliy kutubxonasi bilan birgalikda ushbu kutubxonalar faoliyati to\u2018liq raqamlashtirilishini ta\u2019minlasin;<\/p>\n<p>v) 2027-yil 1-yanvardan boshlab ushbu kutubxonalarda \u201cMutolaa\u201d platformasidan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratsin.<\/p>\n<p>30. 2026-yil 1-iyuldan boshlab Muqimiy nomidagi O\u2018zbekiston davlat akademik musiqali teatri, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri va O\u2018zbek Milliy qo\u2018g\u2018irchoq teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolati berilsin.<\/p>\n<p><strong>VIII. Ta\u2019lim tizimini takomillashtirish<\/strong><\/p>\n<p>31. 2026\/2027-o\u2018quv yilidan boshlab Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 10 tadan umumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasalarida, tajriba tariqasida, musiqa, tasviriy san\u2019at va texnologiya darslarini ilg\u2018or xorijiy tajribaga muvofiq \u201cArt\u201d o\u2018quv dasturi asosida takomillashtirilgan holda o\u2018qitish yo\u2018lga qo\u2018yilsin. Bunda umumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasalarini \u201cArt\u201d yo\u2018nalishlariga mos holda jihozlash xarajatlari mahalliy budjet mablag\u2018lari hisobidan amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>32. Belgilansinki, 2026\/2027-o\u2018quv yilidan boshlab:<\/p>\n<p>(a) bolalar musiqa va san\u2019at maktablari o\u2018qituvchilari mehnatiga haq to\u2018lash miqdorlari umumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to\u2018lash miqdorlariga tenglashtiriladi;<\/p>\n<p>(b) umumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasalari hamda bolalar musiqa va san\u2019at maktabi o\u2018qituvchilari ish haqiga o\u2018quvchilarining cholg\u2018ularni ijro etishi darajasidan kelib chiqib, har oyda 20 foizgacha ustama to\u2018lash tartibi joriy etiladi;<\/p>\n<p>(v) bolalar musiqa va san\u2019at maktablari hamda ixtisoslashgan maktablar bilan umumiy ta\u2019lim muassasalari o\u2018rtasida ijodiy hamkorlik yo\u2018lga qo\u2018yiladi hamda ijodiy jamoalar tomonidan umumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasalarida davriy ravishda konsert-tomosha dasturlari va mahorat darslari o\u2018tkazib boriladi;<\/p>\n<p>(g) har bir umumiy o\u2018rta ta\u2019lim muassasasida musiqa va san\u2019at yo\u2018nalishida kamida 4 tadan to\u2018garak tashkil qilinadi.<\/p>\n<p>33. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta\u2019lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya ikki oy muddatda yosh ijodkorlarning startap loyihalarini qo\u2018llab-quvvatlash uchun madaniyat va san\u2019at yo\u2018nalishidagi 10 ta oliy ta\u2019lim muassasasiga Davlat budjeti va Oliy ta\u2019limni rivojlantirish jamg\u2018armasi mablag\u2018lari hisobidan teng ulushlarda 50 milliard so\u2018m ajratilishini ta\u2019minlasin.<\/p>\n<p>34. Kasbiy ta\u2019lim agentligi tizimidagi Respublika musiqa va san\u2019at texnikumi hamda Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk texnikumi oliy maktab sifatida qayta nomlangan holda Madaniyat vazirligi tizimiga o\u2018tkazilsin, bunda Respublika musiqa va san\u2019at oliy maktabi hamda Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk oliy maktabida:<\/p>\n<p>(a) bitiruvchilarga kasbiy ta\u2019lim to\u2018g\u2018risida davlat namunasidagi diplom beriladi;<\/p>\n<p>(b) iqtidorli bitiruvchilarga belgilangan tartibda o\u2018z o\u2018qishini tegishli bakalavriat ta\u2019lim yo\u2018nalishi bo\u2018yicha oliy ta\u2019lim tashkilotlarining ikkinchi bosqichidan davom ettirish imkoni yaratiladi;<\/p>\n<p>(v) talabalarga taniqli ijodkorlar biriktiriladi va ularga oliy ta\u2019lim tashkiloti professor-o\u2018qituvchisiga teng miqdorda mehnatga haq to\u2018lash shartlari qo\u2018llanadi.<\/p>\n<p>35. O\u2018zbekiston davlat san\u2019at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi hamda O\u2018zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi negizida Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san\u2019at xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil qilinsin.<\/p>\n<p><strong>IX. Farmon ijrosini tashkil etish, ta\u2019minlash va nazorat<\/strong><\/p>\n<p>36. Madaniyat, san\u2019at va adabiyot sohalarini kompleks rivojlantirish bo\u2018yicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.<\/p>\n<p>37. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining va O\u2018zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritilsin.<\/p>\n<p>38. Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar to\u2018g\u2018risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.<\/p>\n<p>39. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas\u2019ul va shaxsan javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.<\/p>\n<p>40. Farmon ijrosini nazorat qilish va mas\u2019ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><strong>Sh. Mirziyoyev<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni 2026-yil 1-iyun kuni o\u2018tkazilgan madaniyat, san\u2019at va adabiyot xodimlari bilan sohalarni yanada rivojlantirish bo\u2018yicha kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag\u2018ishlangan uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish, shuningdek, ijodkorlarga munosib shart-sharoitlar yaratish hamda sohada xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida qaror qilaman: I. Asosiy maqsadlar 1. Quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan ko\u2018zlangan asosiy maqsadlar&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":450,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-449","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/dehqonobod-madaniyat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/449","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/dehqonobod-madaniyat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/dehqonobod-madaniyat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dehqonobod-madaniyat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dehqonobod-madaniyat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=449"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/dehqonobod-madaniyat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/449\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":451,"href":"https:\/\/dehqonobod-madaniyat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/449\/revisions\/451"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/dehqonobod-madaniyat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/450"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/dehqonobod-madaniyat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=449"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/dehqonobod-madaniyat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=449"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/dehqonobod-madaniyat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=449"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}